Tailand yo‘llarida o‘zbekistonlik sayyohlar YTHga uchrashdi

eʼlon qilindi
Bir yigit va bir qiz shifoxonaga olib ketilgan
Rasm: www.novostiphuketa.asia

Tailandning Pxuket orolida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘zbekistonlik ikki nafar sayyoh – bir yigit va bir qiz kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi «Phuket News» portali.

Yoshlar skuterda qayilishga to‘g‘ri burilisholmadi. Haydovchi mast emas va skuterni  boshqarishni bilar edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHda boshqa yo‘l harakati qatnashchilari ishtirok etishmagan.

Haydovchi va yo‘lovchi kaska kiyishgan, biroq og‘ir jarohatlar sababli kasalxonaga yotqizilgan.

«Kursiv» bahorda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus Rossiya yo‘llarida dahshatli avariyaga uchragani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek