Toshkentda "112" yagona dispetcherlik xizmati ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
Undan Toshkent viloyati aholisi ham foydalanishi mumkin bo‘ladi
Foto: Unsplash

1-iyundan boshlab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida «112» qisqa raqamli yagona dispetcherlik xizmati ishga tushiriladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori imzolandi.

2024-yilning ikkinchi yarmida xizmat Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida, dekabr oyi oxirida esa Qoraqalpogʻiston va boshqa viloyatlarda oʻz faoliyatini boshlaydi.

«112» yagona dispetcherlik xizmati fuqarolarning murojaatlarini qabul qilib, shoshilinch hamda tezkor yordamlarni bepul tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning iyul oyida «112» shoshilinch yordam xizmatini ishga tushirishga topshiriq bergan edi.

Avvalroq «Kursiv» 2024-yilning birinchi choragida tez yordam xizmatiga 686 ta yolgʻon qoʻngʻiroq kelib tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek