1-iyun kuni respublikada quruq va issiq ob-havo kuzatiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Togʻli hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Rasm: Pixelery.com /www.depositphotos.com

Yozning birinchi kunida havo quruq va jazirama bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Poytaxtda ham havo issiq bo‘ladi. Kunduzi havo harorati 31-34 daraja issiq bo‘ladi. Kechasi havo harorati pasayadi va 16-18 daraja iliq havo bo‘ladi.

Respublikaning togʻli hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor. Kunduzi havo harorati 19-24 daraja va kechasi 7-12 daraja iliq boʻladi.    

Shuningdek