O‘zbekistonlik birinchi marta BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Akademik Akmal Saidov a’zo bo‘ldi
Rasm: Review.uz

O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov BMT Inson huquqlari qo‘mitasi (IHQ) a’zoligiga saylandi, deb yozadi «Dunyo» axborot agentligi.

Saidov O‘zRdan IHQga a’zo bo‘lgan birinchi vakil bo‘ldi. Qo‘mitaga saylov 29-may kuni bo‘lib o‘tdi. Saylovda 16 davlat vakillari to‘qqizta o‘rin uchun kurashdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2020-yilda ilk bor BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga (IHQ) 2021–2023-yillarga saylangan edi.

Inson huquqlari qo‘mitasi 1976-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati fuqarolik va siyosiy huquqlarni ilgari surish va qonunchilikdagi o’zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» Eldiyor Toshmatov O‘zbekistonning Jenevadagi BMTdagi doimiy vakili bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek