Xivada “Pahlavon Mahmud - Bahodirlar o‘yini” musobaqasi bo‘lib o‘tdi - video

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Unda 15 davlatdan sportchilar ishtirok etdi
Rasm: Kursiv

Bugun Xiva shahridagi «Ichan-qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida «Pahlavon Mahmud – bahodirlar o‘yini» xalqaro turniri boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, Butunjahon Strongman federatsiyasi (WSF) va Xorazm viloyati hokimi ishtirokida tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Kursiv» muxbiri.

Sportchilar uzunligi 20 metrlik masofaga 90 va 120 kg og‘irlikdagi maxsus og‘ir ustunlarni olib yurishlari kerak edi. Qadimda xorazmliklar tomonidan qoʻllanilgan ustunlar asoslari snaryad sifatida ishlatilgan.

Turnirda dunyoning 15 davlatidan, jumladan,  Avstriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Pokiston, Yangi Zelandiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Eron, Hindiston, Tojikiston va O‘zbekistondan 25 nafardan ziyod eng kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.

Sportchilar musobaqa dasturi bo‘yicha, «Oqtosh xarsangi», «Obkach», «Amudaryo qayig‘ini tortish», ‘Cho‘girma otish», «Mo‘ynoq langarini tortish», «Jaloliddin va Amir Temur qilichlari», «Plastik chellenj» deb nomlangan 7 ta shartni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu musobaqalarda eng yaxshi natijani eronlik sportchi Reza G‘aytasi ko‘rsatib, kerakli masofani 20,9 soniyada bosib o‘tdi.

Latviyalik sportchi Maris Krivelitsning aytishicha, snaryadlarning noqulay shakli va issiq havo musobaqani qiyinlashtirdi.

Avvalroq «Kursiv» Xivada Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek