Buxoroda 2GIS ishga tushirildi

eʼlon qilindi
Ilgari xizmat Toshkent va Samarqandda yo‘lga qo‘yilgan edi

Buxoroda shahar xaritalari 2GIS elektron ma’lumotnomasi ish boshladi. Bu haqda «Kursiv»ga kompaniyaning Call-markazi xabar berdi.

2GIS O‘zbekistonda ilk bor 2019-yilda paydo bo‘lgan. O‘sha yili u Toshkent shahrida ishga tushirildi. 2023-yilda Samarqandda 2GIS ish boshladi.

Call-markazning aniqlik kiritishicha, elektron ma’lumotnoma tez orada O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ishga tushiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Termizda Yandex Go ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek