Hindistonning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindistonning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Smita Pantni qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari oʻzining Telegram kanalida ma’lum qildi.
«Siz turli sohalarda, jumladan, qishloq xoʻjaligi, turizm, transport, logistika va boshqa yoʻnalishlarda aloqalarni kengaytirish boʻyicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish asosiy maqsadimiz boʻlib qoladi», deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» Kipros Jorgallis Kiprning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edi.