Yangiliklar

Logistan: iyun oyida Xitoy – Qirg’iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi

Kompaniyaning ofisi Bishkekda bo'ladi
Foto: Piqsels

2024-yil iyun oyida Bishkekda Xitoy ˜– Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma korxona ro‘yxatga olinadi. Bu haqda ekspert Olimjon Ziyoev Logistan nashriga ma’lum qildi.

Tashkilot idorasi Bishkekda joylashadi.

Ekspertning fikricha, qo‘shma korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish logistika loyihasini amalga oshirishning rasmiy boshlanishini anglatadi.

Ziyoevning ta’kidlashicha, loyihaning qiymati texnik-iqtisodiy asoslariga muvofiq 4,7 mlrd dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston ushbu loyiha qiymatini 8 milliard dollarga baholagan edi.

Avvalroq «Kursiv» Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekistonga temir yo‘l qurilishi qanday moliyalashtirilishi haqida yozgan edi.