2024-yil 1-may holatiga koʻra, Qozogʻiston aholisi 20 mln 118 ming 478 kishini tashkil etdi. Bu haqda mamlakat Milliy statistika byurosi xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, shulardan shaharda istiqomat qiluvchilar — 12 million 533 ming 471 kishini, qishloq aholisi esa 7 million 585 ming 007 kishini tashkil etadi.
Yil boshidan buyon aholining umumiy oʻsishi 84 ming 636 nafarni tashkil qilgan. Aholi eng zich joylashgan uchta mintaqaga quyidagilar kiradi:
Olmaota shahri — 2 249 370 kishi;
Turkiston viloyati — 2 147 234 kishi;
Olmaota viloyati — 1 540 567 kishi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston aholisi 37 millionga yetgani haqida xabar bergan edi.