Yangiliklar

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi
Foto: Pexels.com

Bugun, 4-iyun kuni kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «Oʻzgidromet».

Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 29-34° bo‘ladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30-32° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23° bo‘ladi.