Yozgi ta’til vaqtida bolalarning vaqtini qanday mazmunli oʻtkazish mumkin va bu necha pul turadi

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
"Kursiv" nashri Toshkent shahri va viloyatidagi yozgi oromgohlar hamda dasturlar haqida asosiy maʼlumotlarni jamladi
Foto: Unsplash

Farzandingiz uchun yozgi oromgohga borish nafaqat dam olish imkoniyati, balki yangi koʻnikmalarni rivojlantirish, doʻstlar orttirish va maktab devorlaridan tashqaridagi dunyo bilan tanishish imkoniyatidir.

«Kursiv» nashri yozgi oromgohlarning narxlari, dasturlari, shuningdek, yozda bolalarni qayerga yuborishning boshqa alternativ variantlari haqida asosiy ma’lumotlarni jamladi.

Yozgi oromgohlar

Tanlovimizning birinchi qismiga shahar tashqarisida – Toshkent viloyatida joylashgan yozgi oromgohlar kiradi.

Family Care

Foto: Family Care

Bu yilgi mavsumda oromgoh Yuqori Chirchiq tumanidagi «Shik Village» dam olish maskani hududida tashkil etiladi. Bir smenaning narxi: 3,2 mln soʻmni tashkil qilib, 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.

Happy Summer

Foto: Happy Summer

Oromgoh Boʻstonliq tumani Burchmulla qishlogʻida joylashgan. Har bir smena ma’lum bir mavzuga bagʻishlanadi. Narxlar 1,8 mln soʻmdan 3,24 mln soʻmgacha. 6 yoshdan 16 yoshgacha bolalar qabul qilinadi.

West Сamp

Foto: West Сamp

Oromgoh Boʻstonliq tumani, Xojikent qishlogʻida joylashgan. Narxlar 2,79 mln soʻmdan 3,299 mln soʻmgacha. Bolalar yoshi: 6 yoshdan 16 yoshgacha.

Sokol

Foto: Sokol

Oromgoh Boʻstonliq tumani, Xojikent qishlogʻida joylashgan. Narxi 2,8 mln soʻmdan 2.9 mln soʻmgacha. Bolalar yoshi: 7 yoshdan 15 yoshgacha.

Raduga

Foto: Raduga

Oromgoh Toshkent viloyati, Gʻazalkent hududida joylashgan. Bir smenaning narxi 2,8 mln soʻmni tashkil etadi.

Toshkent shahridagi yozgi dasturlar

Bolalar oromgohlari har doim ham togʻlarda sarguzashtlar, basseynda suzish va oʻyinlardan iborat emas. Yozgi ta’tillar bilim va yangi koʻnikmalar manbai ham boʻlishi mumkin. Shahar oromgohlarida bolalar matematika, dasturlash, dizayn, 3D modellashtirish va oʻyin yaratish kabi amaliy kasblarni oʻzlashtirib, axborot texnologiyalari olamiga shoʻngʻishi mumkin.

Biz siz uchun shahar ichida joylashgan va kuniga bir necha soat bolalarni band qiladigan oromgohlarni jamladik. Ushbu format bolalarga oʻqishdan charchamaslik imkonini beradi, lekin shu bilan birga ularga maktab oʻquv dasturida har doim ham uchramaydigan mashgʻulotlarda oʻz kuchlarini sinab koʻrish imkoniyatini beradi.

IT Step akademiyasi

Foto: IT Step akademiyasi

Dasturlash, dizayn, oʻyin hamda video yaratishga qiziquvchilar uchun IT Step Akademiyasi kurslari mavjud. Bitta kursning narxi 1,4 million soʻmni tashkil qiladi.

Kurslar ikki hafta davom etib, darslar soat 10:00 dan 13:00 gacha oʻtkaziladi. Kurs bloklari yoshga qarab ajratiladi. Eng kichigi (8–9 yosh) uchun faqat bitta kurs mavjud — IT Start. 10-11 yoshli bolalar uchun «IT Go – ITʼga kirish», «GameMakerʼda 2D oʻyinlar yaratish», «3D modellashtirish».

Kattaroq bolalar (12-15 yosh) uchun «3D modellashtirish va animatsiya», «Pythonʼda dasturlash asoslari», «Unity 3Dʼda oʻyin yaratish», «Figmaʼda veb-dizayn» eng tanlov bor.

Hammasi boʻlib oltita guruh tashkil qilinadi: 6 iyun — 17 iyun, 20 iyun — 1 iyul, 4 iyul — 16 iyul, 18 iyul — 29 iyul, 1 avgust — 12 avgust, 15 avgust — 26 avgust.

Maktab Toshkent shahrining markazida – Istiqbol koʻchasida (Xalqaro Vestminster universiteti yaqinida) joylashgan.

«FOCUS FILM CAMP – 2024» yozgi kino oromgohi

Foto: focusfilmuz

Bu Focus san’at maktabi tomonidan 12 – 16 yoshli oʻsmirlar uchun maxsus ishlab chiqilgan oʻquv modulidir. Har yili uch smenada qabul qilinadi.

Bir smena oʻn kun toʻrt soatdan dushanbadan jumagacha soat 12:00 dan 16:00 gacha davom etadi.

Modul badiiy va hujjatli film, animatsiya, rejissyorlik, fotografiya, rassomlik, musiqa, kino tarixi, dramaturgiya, teatr, prodyuserlik, kamera san’ati, kino ijodkorligi, adabiyot, jamoa bilan ishlash, ovoz muhandisligi, jurnalistika, montaj sohalarida 100 dan ortiq mavzularni qamrab oladi.

Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilar yakuniy modullarda bepul oʻqitiladi.

Onlayn maktablar

Onlayn maktablarda yozgi dasturlar ham mavjud. Ular bolalar uchun keng koʻlamli mashgʻulotlarni taklif qilishadi: chizishni oʻrganishdan ingliz tilini oʻzlashtirish yoki olimpiadalarga tayyorgarlik koʻrishgacha. Onlayn ta’limning afzalliklari shundaki, bolaga faqat noutbuk va internet kerak boʻladi. Istalgan joyda oʻqishingiz mumkin: dala hovlida, chet elda va poyezdda.

Pixel onlayn oromgohi

Pixel rus maktabi yuqori texnologiyalar va kompyuter oʻyinlariga ishtiyoqli bolalarni oʻzining onlayn dasturlash oromgohidagi qiziqarli mashgʻulotga taklif qiladi. Atigi besh kun ichida bola mashhur dasturlash tillarini oʻzlashtira oladi va oʻyinlar, veb-saytlar va 3D modellarni yaratishni oʻrganadi.

Guruhlar ishtirokchilarning yoshiga qarab tuziladi: kichik guruhga 8 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar, katta guruhga esa 10 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalar kiradi. Darslar jadval boʻyicha oʻtkaziladi, lekin barcha darslar har bir talabaning shaxsiy kabinetida saqlanadi. Bundan tashqari, agar bola barcha darslarga qatnasha olmasa, materialni mustaqil ravishda oʻrganish mumkin.

Har bir smenada 90 daqiqalik oʻnta dars mavjud. Har kuni 10:00 dan 13:30 gacha yoki 14:30 dan 18:00 gacha ikkita dars. Mashgʻulotlar oʻrtasida 30 daqiqalik tanaffus mavjud. Darslar narxi $100 ni tashkil qiladi.

SkySmart bepul onlayn yozgi oromgohi

Oromgoh dasturi 3 iyundan 30 iyungacha davom etadi va 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan.

Oromgohda turli yoʻnalishlar, jumladan, dasturlash tillari, neyron tarmoqlar va ingliz tili boʻyicha qiziqarli kurslar oʻtkaziladi. Onlayn ta’limning innovatsion formati tufayli farzandingiz yoʻlga vaqt sarflamaydi yoki qimmat darslar uchun pul toʻlamaydi.

Shuningdek