Harbiy xizmatdagi davr ish stajiga qoʻshib hisoblanadimi

eʼlon qilindi
Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi
Foto: Bumble-Dee/depositphotos.com

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq harbiy xizmat vaqti ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, safarbarlik chaqirigʻi rezervidagi harbiy xizmat va partizanlar otryadlari va qoʻshilmalarida boʻlish ish stajiga qoʻshib hisoblanadi. Shuningdek, davlat xavfsizligi organlaridagi, OʻzR Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish ham stajga qoʻshiladi.

Agar fuqaroning umuman ish staji mavjud boʻlmasa ham harbiy xizmat qilgan davr ish staji sifatida inobatga olinadi.

Avvalroq «Kursiv» pensiya tayinlashda ish staji boʻyicha muammosiga duch kelmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek