Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari 5-iyun, chorshanba kunidan boshlab abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi. Jarayon Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-saytida amalga oshiriladi.
Gap 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish haqida bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda universitetga qabul tizimi o‘zgartirildi. Demak, birinchi bosqichda abituriyentlar roʻyxatdan oʻtib, test fanlarini tanlab olishlari, soʻngra oʻqish yoʻnalishi va shakllari toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari kerak boʻladi.
Shu bilan birga, maktab bitiruvchilari birinchi navbatda test sinovlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi.