O‘zbekistonlik sportchi Chexiyadagi musobaqalarda kumush medalni qo‘lga kiritdi

eʼlon qilindi
Mukofot "Josef Odlozil Memorial" turnirida olingan
Foto: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi

Chexiyada yengil atletika bo‘yicha «Josef Odlozil Memorial» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston vakili Anvar Anvarov ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Anvarov 7,92 metr natija ko‘rsatdi, shu bilan birga, birinchi o‘rinni egallagan chexiyalik Petr Mayndlshmid ham xuddi shunday masofaga sakrab chiqdi, ammo urinishlar soni bo‘yicha hamyurtimizni ortda qoldira oldi.

Bronza medalni Janubiy Afrika Respublikasi vakili Rusval Samaai qo‘lga kiritdi.

Jozef Odlozil xotirasi Butunjahon yengil atletika federatsiyasi musobaqasidir.

Avvalroq Rossiyada bo‘lib o‘tgan turnirda o‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek