Rus kosmonavti koinotda ming kun yashadi

eʼlon qilindi
U umumiy parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Foto: «Roskosmos»

Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko koinotda 1 ming kun bo‘ldi va kosmik parvozlarning umumiy davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi «Roskosmos».

Rekord 5 iyun kuni qayd etilgan. Umuman olganda, kosmonavt beshta kosmik parvozni amalga oshirdi.

Avvalgi rekordni Kononenkoning hamyurti Gennadiy Padalka o‘rnatgan bo‘lib, u koinotda jami 878 kun bo‘lgan.

Surat: «Roskosmos»

Avvalroq «Kursiv» Xitoy to‘rtta sun’iy sputnikni Yer orbitasiga olib chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek