
Rossiyalik kosmonavt Oleg Kononenko koinotda 1 ming kun bo‘ldi va kosmik parvozlarning umumiy davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi «Roskosmos».
Rekord 5 iyun kuni qayd etilgan. Umuman olganda, kosmonavt beshta kosmik parvozni amalga oshirdi.
Avvalgi rekordni Kononenkoning hamyurti Gennadiy Padalka o‘rnatgan bo‘lib, u koinotda jami 878 kun bo‘lgan.

Avvalroq «Kursiv» Xitoy to‘rtta sun’iy sputnikni Yer orbitasiga olib chiqqani haqida yozgan edi.