«TIME» jurnali Xiaomi kompaniyasini 2024-yilgi «TIME100 eng nufuzli kompaniyalar» roʻyxatiga kiritdi. Bu haqda «Kursiv»ga korporatsiyaning O‘zbekistondagi vakillari ma’lum qildi.
Unga koʻra, «TIME» jurnali 2024-yilning mart oyida Xitoyda «Xiaomi» kompaniyasining ilk «aqlli» elektromobili Xiaomi SU7 seriyasini muvaffaqiyatli ishga tushirilganini qayd etdi. Kompaniya Xiaomi SU7 seriyasi sotuvga chiqarilgandan birinchi oyning oʻzida buyurtmalar va yetkazib berishlar soni bilan sanoatda yangi rekord oʻrnatdi.
Kompaniya kelgusi 15 – 20 yil ichida Xiaomi dunyoning yetakchi beshta avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylanish va ilgʻor texnologiyalar sohasida yetakchi boʻlishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Xiaomi korporatsiyasiga 2010-yil aprelda asos solingan va 2018-yil 9-iyulda «Gonkong» fond birjasining asosiy panelida (1810.HK) roʻyxatdan oʻtkazilgan. Xiaomi iste’molchi elektronikasi va «aqlli» qurilmalar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi, ularning asosini IoT platformasi bilan bogʻlangan smartfon va uskunalar tashkil etadi.
Shuningdek, Xiaomi dunyodagi yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri boʻlib, jahon bozorida yetkazib berish hajmi boʻyicha kuchli uchlikka kiradi.
Xiaomi mahsulotlari butun dunyo boʻylab 100 dan ortiq mamlakat va hududlarda taqdim etilgan. 2023-yil avgust oyida Xiaomi kompaniyasi beshinchi yil ketma-ket «Fortune Global 500» roʻyxatiga kirdi va 360-oʻrinni egalladi.
Avvalroq «Kursiv» Xiaomi 14 Ultra Oʻzbekistonda 25-apreldan sotuvga chiqishi haqida xabar bergan edi.