Oʻzbekistonning 27 nafar fuqarosi Olmaotada hibsga olindi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ular huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan “Nolegal” respublika tezkor-profilaktika tadbiri davomida aniqlangan
Foto: polisia.kz

Olmaota huquq-tartibot idoralari xodimlari Oʻzbekistonning 27 nafar fuqarosini qoʻlga oldi. Bu haqda «Zakon.kz» nashri shahar politsiya boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ular huquq-tartibot idorasi tomonidan «Nolegal» respublika tezkor-profilaktika tadbiri davomida aniqlangan. Olmaota politsiyasi departamentining migratsiya xizmati boshligʻi oʻrinbosari Gennadiy Men mamlakatda noqonuniy boʻlib turgan xorijliklarni aniqlash, shuningdek, noqonuniy migratsiya kanallarini yopish ekanini ta’kidladi.

«Hozirgi kunda huquqbuzarlar shahar ichki ishlar boʻlimining qabulxonasiga joylashtirildi. Har bir huquqbuzarning shaxsini aniqlash boʻyicha ishlar olib borilmoqda», deydi u.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonga tashrif buyurish boʻyicha yetakchilik qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek