Saida Mirziyoyeva: JSTga qoʻshilish jarayoni oʻta murakkab ekanini tushunamiz

eʼlon qilindi
O‘zbekiston jahonga yangi g‘oyalar, o‘ziga xos tajribalar va xizmatlarni taqdim eta olishi taʼkidlandi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Oʻzbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkilotiga kirish oʻta murakkab jarayon ekanligi haqida gapirdi.

«Maqsad faqat Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishigina emas. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan mashaqqatli, ammo juda muhim islohotlar, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizni barqarorlashtirish, xalqimiz turmushini yaxshilashga qaratilgan», deydi Saida Mirziyoyeva.

Suningdek, prezident yordamchisi Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida aholisi eng tez sur’atlarda oʻsayotgan mamlakat sifatida jahonga yangi gʻoyalar, oʻziga xos tajribalar va xizmatlarni taqdim eta olishini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga a’zo boʻlishga harakat qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek