“Kapitalbank” va Germaniyaning Commerzbanki strategik hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi

eʼlon qilindi
Foto: «Kapitalbank»

Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining 8-yigʻilishi doirasida Oʻzbekistondagi yirik xususiy banklardan biri — «Kapitalbank» va Germaniyaning Commerzbanki oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Banklar nafaqat moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirish, balki qoʻshma tadbirlar tashkil etish, oʻzaro tajriba almashish borasida ham hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

«Memorandumning imzolanishi xalqaro hamkor tomonidan ishonchni namoyon etadi va xalqaro bozordagi mavqeyimizni mustahkamlaydi. Bu hamkorlik Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, “Kapitalbank» innovatsion va oʻsish strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam boʻladi. Biz Commerzbank bilan oʻz imkoniyatlarimizni birlashtirib, mijozlarimizga yanada yangi mahsulot va xizmatlarni taklif qila olamiz”, deydi «Kapitalbank» boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Sardor Ismoilov.

Bitimning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi va Germaniya oʻrtasida biznes va moliyaviy rivojlanish sohasida tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va yanada rivojlantirishdan iboratdir.

«Turli mamlakatlardagi yetakchi moliya institutlari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish Commerzbank AGʻning uzoq yillik amaliyotiga aylangan. Oʻzbekiston strategik hamkorlarimizdan biridir. Ishonchim komilki, mamlakatimiz moliya sektorining yetakchilaridan biri boʻlgan “Kapitalbank» bilan hamkorlik mamlakatlarimiz tadbirkorlari va kompaniyalari uchun biznesni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga yordam beradi”, deydi Commerzbank AGʻning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ketevan Antidze.

«Commerzbank AG» nemis bank konserni boʻlib, aktivlari boʻyicha Germaniyada ikkinchi yirik xususiy bank hisoblanadi. Commerzbank dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida vakolatxonaga ega. Bankning 2023 yil oxiridagi yakuniy balansi 517 milliard yevroni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» «Kapitalbank» Oʻzbekiston HR hamjamiyatining yigʻilish joyiga aylanib borayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek