O‘zbekiston prezidenti “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi

eʼlon qilindi
Hujjat olti oydan keyin kuchga kiradi
Rasm: ilixe48/Depositphotos

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonunni imzoladi. U olti oydan keyin kuchga kiradi, deb xabar berdi O‘zA.

Hujjatda «davlat organi xodimi», «davlat organi xodimining yaqin qarindoshlari», «shaxsiy manfaat» va «manfaatlar to‘qnashuvi» kabi tushunchalar huquqiy muomalaga kiritildi.

Hujjat davlat organlari va korxonalarga, shuningdek, davlat ulushi 50 va undan ortiq foizga ega bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Avvalroq «Kursiv» XVJ O‘zbekistonga manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun qabul qilishni tavsiya qilgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek