Qozogʻistonga ishlash uchun borayotgan va ushbu davlatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: mathias_berlin / depositphotos.com

Joriy yilning 3-iyun kunidan boshlab, Qozogʻiston Respublikasining barcha hududida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida «Nelegal – 2024» reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu reyd tadbirlari davomida Qozogʻiston hududida qonuniy boʻlib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar koʻrilmoqda.

«Qonun buzilish holatlari Olmaota, Ostona, Chimkent shaharlari va Mangistau viloyatida koʻp uchramoqda. Shu munosabat bilan ushbu davlatga borayotgan va boʻlib turgan yurtdoshlarimizdan migratsiya qoidalariga rioya qilish soʻraladi», deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududida 30 kun muddatgacha boʻlib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning 27 nafar fuqarosi Olmaotada hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek