Fuqarolarni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati ma’lum qildi
Foto: Bosh prokuratura

Xivada fuqarolarni Norvegiyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati malum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar boʻlimi tomonidan DXX va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyatchi ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, $5600 evaziga ularni Norvegiya davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan $1900 va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, fuqarolarni xorijga ishga joʻnatish OʻzR qonunchiligiga muvofiq litsenziyali faoliyat hisoblanadi. Litsenziyaga ega Xususiy bandlik agentliklari roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Avvalroq «Kursiv» Xorijda mehnat faoliyatini olib borilayotgan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar joriy qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek