Yangiliklar

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Oʻzbekistonga tashrif buyuradi

Janubiy Koreya yetakchisi tashrif doirasida Markaziy Osiyoning 3 ta davlatida boʻlishi kutilmoqda
Foto: Janubiya Koreya prezidenti ofisi matbuot xizmati

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol kelasi hafta Markaziy Osiyo davlatlari — Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda «The Korea Times» xabar bermoqda.

Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo davlatlari ishtirokida «Koreya Markaziy Osiyo» sammitini tashkil etish hamda 2025-yil Seulda uning yigʻilishini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

«Shu maqsadda prezident Yun Sok Yol kelasi haftada Markaziy Osiyoning uchta davlatiga – Turkmaniston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonga davlat tashrifi bilan borib, boy tabiiy resurslar va iqtisodiy oʻsish salohiyatiga ega davlatlar bilan hamkorligini mustahkamlaydi», deyiladi xabarda.

Avvalroq «Kursiv» Janubiy Koreyada Oʻzbekiston savdo uyi roʻyxatdan oʻtkazilgani haqida xabar bergan edi.