Yangiliklar

Oʻzbekistonda issiqxonadagi gaz chiqindilari oʻlchanadi

Prezident qaroriga muvofiq
Foto: Piqsels

Oʻzbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarini inventarizatsiya qilish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik xabar berganidek, bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Oʻzbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotga oʻtishda milliy shaffoflik tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, 2025-yil 1-yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan oʻtkazilishi ta’minlanadi.

Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Yashil» iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston issiqxona gaz chiqindilarini 35 foizga kamaytirishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.