Oʻzbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda

eʼlon qilindi
Maosh $832 dan $1100 gacha
Foto: kanuman / depositphotos.com

Oʻzbekistonlik bir qancha soha vakillari Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ish tajribasiga ega oliy ma’lumotli qurilish muhandisi, oyna ishlab chiqarish ishchisi va elektriklar taklif qilinmoqda.

Muhandislar uchun talablar:

  • qismlar va chizmalarni tayyorlash, ishlab chiqarish;
  • ishlab chiqarish chizmalari va sohaga oid dizayn ishlaridagi tajriba 4-5 yil;
  • oliy ma’lumotli qurilish muhandisi;
  • ingliz tilini kamida B1 darajada bilish.
  • Oylik maosh — $1100 mingni tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Oyna ishlab chiqarish ishchisi:

  • duradgorlik sohasida ish tajribasi (alyuminiy bilan ishlay olish);
  • ish tajriba;
  • rus tilini mukammal bilish.
  • Oylik maosh — $1100 mingni tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Elektrik:

  • qoʻlda ishlaydigan elektr asboblar bilan ishlash;
  • loyihani oʻqish qobiliyati;
  • soha boʻyicha erkin fikrlash;
  • rus tilini mukammal bilish.
  • Oylik maosh — $832 ni tashkil qiladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablar:

  • 25 – 35 yosh (erkak);
  • sudlanmagan:
  • kamida 5 yillik tajriba.

Yotoqxona, aviachipta, ish ruxsatnomasini roʻyxatdan oʻtkazish, ovqatlanish ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi. Agentlik xizmati, viza, oʻqitish va koʻniktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi toʻlov fuqaro hisobidan.

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar 7-iyun soat 9:00 dan 18:00 ga qadar roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

Avvalroq «Kursiv» xorijda mehnat faoliyatini olib borilayotgan fuqarolarga bir qancha imtiyozlar joriy qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek