O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Mali bilan durang o‘ynadi

eʼlon qilindi
Hisob 1:1
Rasm: O‘FA

Bugun, 7-iyun kuni «Bunyodkor» stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Mali vakillariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

1-taymda Timur Kapadze shogirdlari Mali darvozasi oldida xavfli hujumlar yaratdi. 23-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev oshirgan to‘pni Alisher Odilov darvozaga aniq yo‘lladi va 1:0 hisobi bilan 1-taym yakunlandi.

2-taymda ustunlik Mali jamoasida bo‘ldi. 62-daqiqada Traore Bubakar uzoqdan yo‘llagan zarbasi golga aylandi. 2-taym 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiya o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘lganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek