Toshkent shahridagi Temur Malik ko‘chasi ta’mirlash ishlari uchun yopiladi

eʼlon qilindi
Avtomobillar harakati 8-iyungacha cheklanadi

Toshkentda Yunusobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasi to‘sib qo‘yiladi, deb xabar berdi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi.

Sababi Salar va Hojikent stansiyalari o‘rtasidagi temir yo‘l kesishmasidagi ta’mirlash ishlari.

7-iyun juma kuni soat 22:00 dan 8-iyun shanba kuni soat 6:00 gacha avtomobillar harakati cheklanadi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Sergeli tumanidagi Obi Hayot ko‘chasi yopilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek