8-iyun kuni respublikaning ba’zi hududlarida havo harorati 40 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin
Rasm: Piqsels

Bugun, 8-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 40 darajagacha issiq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin, deb xabar beradi «Oʻzgidromet».

Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 35-37 daraja issiq bo‘ladi, kechasi esa 19-21 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi havo 23-28 daraja iliq va kechasi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. 

Shuningdek