"IndiGo" aviakompaniyasi Toshkentga parvozlar sonini oshiradi

eʼlon qilindi
Dehli va Toshkent o‘rtasida sayohatga bo‘lgan talab ortib bormoqda
Foto: TKKurikawa / depositphotos.com

Hindistonning «IndiGo» aviakompaniyasi 17-avgustdan Dehlidan Toshkentga parvozlar sonini ikki baravarga oshiradi. Bu haqda «The Times of India» nashri xabar bermoqda.

Aviakompaniya Toshkentdan tashqari, Olmaota va Tbilisi shaharlariga parvozlarni oshirishni maqsad qilgan.

«Biz Dehlidan Toshkent, Olmaota va Tbilisiga qoʻshimcha reyslar boshlanganini mamnuniyat bilan eʼlon qilamiz. Bu shaharlarga reyslar sonining koʻpayishi ushbu yoʻnalishlarga, jumladan, turizmga boʻlgan talabning ortishi bilan bogʻliq», deydi IndiGo global savdo boʻlimi rahbari Vinay Malxotra.

Ma’lumot uchun, kompaniya 2023-yildan Dehlidan Toshkent, Olmaota va Tbilisiga parvozlarni amalga oshirishni boshlagan.

Avvalroq «Kursiv» «Uzbekistan Airways» Toshkentdan Vyetnamning Nyachang kurort shahriga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek