Jizzaxda Cobalt va Equinox ortilgan avtotreyler YTHga uchradi — video

eʼlon qilindi
Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi
Foto: UzAuto Motors

Jizzax viloyati hududidan oʻtuvchi M-39 avtomobil yoʻlida toʻrtta yuk tashuvchi transport vositasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda UzAuto Motors axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, MAN yuk avtomobilida kuzatilgan texnik nosozliklar tufayli Shacman samosvaliga, soʻng Chevrolet Cobalt va Equinox avtomobillarini Surxondaryo viloyatidagi dilerlik markaziga olib ketayotgan avtotreylerga borib urilgan.

Video: Ijtimoiy tarmoqlar

Yuz bergan YTH natijasida avtomobil haydovchilari tan jarohatlari olmagan. Avtotreylerga ortilgan 4 dona Chevrolet Cobalt va 3 dona Equinox avtomobillari texnik shikastlangan.

Ayni paytda Jizzax viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (YHXB) tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Maxtumquli koʻchasida 15 ta mashina ishtirokida yirik YTH sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek