Kinematografiya sohasida oʻrta maxsus mutaxassislarni tayyorlash maktabi tashkil qilinadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Shuningdek, ta’lim muassasalarida kinolektoriylar ochiladi
Foto: Unsplash

Oʻzbekistonda kinematografiya sohasi uchun oʻrta maxsus mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash maktabi tashkil qilinadi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Mazkur loyiha «Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bagʻishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi prezident qarori doirasida tashkil qilinadi.

Maktab Oʻzbekiston Milliy kinematografiyasini rivojlantirish markazi huzurida tashkil etilgan. Shuningdek, «Kinochilar uyi» «Oʻzbekiston Milliy kino san’ati saroyi» deb qayta nomlandi.

Respublikadagi oliy va oʻrta maxsus ta’lim muassasalarida, oʻrta maktablarda kinolektoriylar, tuman (shahar)larda joylashgan madaniyat markazlarida milliy filmlarning bepul namoyishlari tashkil etiladi.

Avvalroq «Kursiv» Kinematografiya agentligiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek