Oʻzbekiston va Ozarbayjon parlamentlari oʻrtasida “Yoʻl xaritasi” imzolandi

eʼlon qilindi
“Yoʻl xaritasi” 2024–2025-yillarga moʻljallangan
Foto: Senat matbuot xizmati

Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar parlamentlararo aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Xususan, yuqori darajadagi ikki tomonlama kelishuvlarning amalga oshirilishini ta’minlash, jumladan, parlamentlarning savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi qoʻshma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlashi masalalariga e’tibor qaratildi.

2022-yilda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha Toshkentda imzolangan amaliy harakatlar rejasi, ya’ni «Yoʻl xaritasi» ijrosi toʻliq ta’minlangani alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida parlamentlar oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga koʻtarishga qaratilgan 2024–2025-yillarga moʻljallangan yangi «Yoʻl xaritasi» imzolandi.

Avvalroq Senat raisi Tanzila Narbayeva BMT axborot xizmatiga oiladagi zoʻravonliklar haqida intervyu bergan edi.

Shuningdek