Chirchiq daryosiga yuk mashinasi tushib ketishi oqibatida bir kishi halok boʻldi

eʼlon qilindi
Fojia Toshkent viloyatida yuz berdi
Skrinshot: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yuk mashinasi Chirchiq daryosiga tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida yuk mashinasidagi yoʻlovchi halok boʻlgan. 23 yoshli haydovchi qutqarib qolingan va shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa haydovchining ehtiyotsizligi tufayli sodir boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda Cobalt va Equinox ortilgan avtotreyler YTHga uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek