Iyun oyining oʻrtalarida islom olamida Qurbon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar orasida Qurbon hayiti bayrami arafasida jonliq soʻyib, qurbonlik qilish an’anaga aylangan. «Kursiv» nashri Oʻzbekistonda qurbonlik qilinadigan hayvonlar qancha turishini aniqladi.
Shariat qoidalariga koʻra, toʻrt xildagi hayvon — echki, qoʻy, qoramol va tuyaning erkagini ham, urgʻochisini ham qurbonlik qilish mumkin.
Qoʻy va echki bir yoshdan, sigir ikki yoshdan, tuya besh yoshga toʻlgan boʻlishi kerak. Birdaniga yetti kishi qoramol yoki tuyani qurbonlik qilishi ham mumkin. Bunday holda pul teng ulushlarda qoʻshilishi lozim va hayvonning goʻshti ham teng taqsimlanishi kerak. Faqatgina bir kishi qoʻy yoki echkini qurbonlik qilishi mumkin.
Echkining yoshi va vazniga qarab 2,5 – 5 million soʻmgacha sotib olish mumkin. Lekin 1 million soʻmga yoki undan ham arzonroqqa taklif qilayotgan sotuvchilar ham topiladi. Alp echkilari oddiy zotlarga qaraganda ancha qimmat ularni 3 – 6 million soʻmga sotish olish mumkin.
Qoʻyning narxi 1 kg qo‘y goʻshti narxidan kelib chiqib hisoblanadi. Masalan, 35 kg ogʻirlikdagi qoʻy 2,9 million soʻmga tushishi mumkin (1 kg 85 ming soʻmdan hisoblangan). Qoramol sotib olayotganda ham xuddi shunday hisob-kitob qilinadi. Bir kilogramm mol goʻshti oʻrtacha 80 ming soʻmni tashkil etadi. Shunga koʻra, 120 kilogramm vaznli sigir 9,6 million soʻmni tashkil qiladi.
Zotdor hayvonlarining narxlari qimmatroq. Masalan, katta yoshli eston sigirining narxi 25 million soʻmdan boshlanadi.
Oʻzbekistonda sotiladigan tuyalarni topishning imkoni boʻlmadi. Qoʻshni Qozogʻistonda narxlar 14 million soʻmdan 20 – 25 million soʻmgacha oʻzgarib turadi.
Sogʻlom hayvonlarga qaraganda ancha arzon boʻlishiga qaramay koʻr, zaif yoki kasal hayvonlarni qurbonlik qilish mumkin emas.
Avvalroq «Kursiv» 2023-yil oktabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda qoramollar soni 13,9 million boshga yetgani haqida xabar bergan edi.