AQSh chegarachilari O‘zbekistondan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportatsiya qiladi

eʼlon qilindi
Bu yana beshta davlatga ham tegishli
Foto: Unsplash

O‘zbekistondan noqonuniy migrantlar zudlik bilan AQShdan deportatsiya qilinadi. Bu buyruq Amerikaning Kaliforniya shtati chegarachilariga berildi, deb xabar berdi New York Post (NYP) o‘z manbalariga tayanib.

«Olti davlatdan (…) tashqari barcha muhojirlarga AQShga kirishga ruxsat beriladi. (…) AQShdan faqat Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan voyaga yetgan migrantlar zudlik bilan deportatsiya qilinadi», deyiladi maqolada.

Maqolada gap noqonuniy migrantlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritiladi. Boshqa mamlakatlardan kelganlar sudgacha Qo‘shma Shtatlarda qolishlari mumkin. Biroq ular boshpana so‘rab, murojaat qila olmaydi.

«Kursiv» nashri 2023-yilning oktabridan 2024-yilning mayigacha 2,9 mingga yaqin O‘zbekiston fuqarosi San-Diyego (Kaliforniya) shahri yaqinida AQSh – Meksika chegarasini noqonuniy kesib o‘tganini yozdi.

Shuningdek