Toshkentda avtoservisda sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 3 ta avtomobil yonib ketdi – video

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB rasmiy ma’lumot berdi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Sergeli tumanida joylashgan avtoservisda yongʻin sodir boʻldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar FVB rasmiy ma’lumot berdi.

Bugun, 11-iyun kuni soat 13:24 da Toshkent shahri, Sergeli tumani, 6a-dahasidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51 da oʻchirilgan.

Video: Oper Telegram kanali

Yongʻin natijasida avtoservisning ichki qismi va ichki qismida boʻlgan 3 ta avtomobil yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida ma’lumot kelib tushmagan.

Avvalroq «Kursiv» Jizzaxda Cobalt va Equinox ortilgan avtotreyler YTHga uchragani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek