Yoshga doir pensiya tayinlashda ortiqcha ish staji pensiyani hisoblashda qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun pensiyalarning bazaviy miqdorlari hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, yoshga doir pensiyaga chiqishda erkaklar uchun talab etiladigan ish staji 25 yil boʻlsa, ayollar uchun 20 yilni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» uydan chiqmagan holda qanday qilib pensiya miqdorini bilish mumkinligi haqida yozgan edi.