Oʻzbekiston jome masjidlarda 2024-yil 16-iyun yakshanba kuni Qurbon hayiti namozi oʻqiladi. Musulmonlar idorasi tomonidan Qurbon hayiti namozining oʻqilish vaqtlari e’lon qilindi.
Unga koʻra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi oʻqiladi.
Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:
- Andijon 05:00
- Namangan 05:00
- Fargʻona 05:00
- Toshkent sh. 05:10
- Toshkent v. 05:15
- Sirdaryo 05:15
- Jizzax 05:15
- Samarqand 05:20
- Surxondaryo 05:20
- Qashqadaryo 05:25
- Navoiy 05:25
- Buxoro 05:30
- Xorazm 05:45
- Qoraqalpogʻiston Res. 05:50
Qayd etilishicha, ushbu vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilangan.
Avvalroq «Kursiv» Qurbon hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tongi soat 03:00 dan ish boshlashi haiqda xabar bergan edi.