Yangiliklar

Qozogʻiston hukumati Oʻzbekiston bilan chegaradagi tirbandlikka izoh berdi

Bunga yoʻllarning rekonstruksiya qilinayotgani sabab boʻlmoqda
Foto: Qozogʻiston davlat chegara xizmati

Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasidagi tirbandliklarga nazorat oʻtkazish punktidagi yoʻllarning modernizatsiya qilingani sabab boʻlmoqda. Bu haqda Qozogʻiston davlat chegara xizmati xabar berdi.

Qozogʻiston tomonidan Oʻzbekistonning «Gʻisht Koʻprik» chegara postida hududidagi «Jibek yoʻli» nazorat-oʻtkazish punktida yoʻl qoplamasida taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Xuddi shunday taʼmirlash ishlari Qozogʻistonning «Tajen», «Atameken» va «Qozigʻurt» punktlarida ham olib borilmoqda. Shu bilan birga, «Qoplonbek» nazorat-oʻtkazish punkti modernizatsiya davriga vaqtincha yopildi.

Chegara xizmati ikki davlat chegarasidagi boshqa nazorat-oʻtkazish punktlari odatdagidek ishlayotganini eslatib oʻtdi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻistonga tashrif buyurish boʻyicha yetakchilik qilayotgani haqida xabar bermoqda.