
Amerika Qoʻshma Shtatlarining (AQSh) Federal zaxira tizimi (FZT) stavkalarini saqlab qolish toʻgʻrisidagi qarori fonida kumush narxi pasaydi. Bu haqda «Trading Economics» portali xabar bermoqda.
Hozir kumushning bir unsiyasi taxminan $29 turadi. Bu 11 yillik eng yuqori narxga ($32) erishilgan 28-maydagidan sezilarli darajada kamroq.
Oltinning narxi ham bir unsiya uchun taxminan $2,31 minggacha arzonlashdi.
Oltin va kumush narxining tushishiga AQShda iqtisodiy ma’lumotlarning e’lon qilinishi, shuningdek, Federal zaxira tizimining stavkalarini saqlab qolishi sabab boʻldi.
Avvalroq «Kursiv» 12-iyun kungi bozordagi vaziyat haqida xabar bergan edi.