Yangiliklar

«Kursiv Uzbekistan» ESG-forumini o‘tkazadi

Rasm: Kursiv

«Kursiv Uzbekistan» xalqaro biznes nashri Toshkentda «Narxdan qadr-qiymatgacha. Barqaror rivojlanish uchun iqtisodiyotni transformatsiya qilish» ESG forumini o‘tkazadi. Forumning rasmiy hamkori UN Global Compact boʻladi.

ESG mavzusiga e’tibor har yili ortib bormoqda. Barqaror rivojlanish masalalariga nisbatan skeptitsizm asta-sekin muvaffaqiyatli biznes hisobga olishi kerak bo‘lgan yangi standartlarni joriy etish zarurligini tushunishga aylanib bormoqda.

«ESG endi shunchaki trend emas, balki biz duch keladigan haqiqatdir. Shuning uchun biznes muayyan qoidalarga muvofiq ishlashi kerak. Bu qoidalar nimadan iboratligini, ularning bajarilishini kim va qanday nazorat qilishini ESG forumida muhokama qilamiz», dedi «Kursiv Uzbekistan» bosh muharriri Anastasiya Novikova.

Forum turli mavzularni qamrab oluvchi to‘rtta panel muhokamasidan iborat bo‘ladi.

 «Har tomonlama tozalik. Atrof-muhitga do‘stlik – biznesni rivojlantirish yo‘lidir» mavzusidagi birinchi panel sessiyasida ekspertlar ekologik kun tartibining biznesni rivojlantirishga ta’siri va uning investitsiya jozibadorligini ko‘rib chiqadi. Yashil iqtisodiyotda amal qilayotgan qoidalar va O‘zbekistonning ESG global standartlariga javob berishga tayyorligi muhokama qilinadi.

«Pulni qayerdan kutish kerak: barqaror kun tartibini ilgari surishda xalqaro rivojlanish institutlarining roli» sessiyasi ESG sohasidagi rivojlanish institutlarining faoliyati haqida bo‘ladi. Ularning bu yo‘nalishda biznesni qanday qo‘llab-quvvatlashi va O‘zbekiston kompaniyalari ushbu tashkilotlardan qanday yordam olishi mumkinligini muhokama qilamiz.

«ESG amaliyotlarining qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri» nomli uchinchi panel muhokamasida ma’ruzachilar korporativ boshqaruv qoidalariga rioya qilish va global boshqaruv amaliyotlarining biznesning o‘sishi va kengayishiga ta’sirini muhokama qiladilar.

Va nihoyat, #ESG_HAQIDA_aytib ber toʻrtinchi sessiyasi Oʻzbekiston ProTalks PR hamjamiyati bilan birgalikda tashkil etiladi. Mamlakatning yetakchi nashrlari jurnalistlari biznes vakillari bilan media va GR kommunikatsiyalarida barqaror rivojlanish loyihalarini qanday targ‘ib etishni muhokama qilishadi.

ESG-forumida ishtirok etish uchun havolaga o‘tish va shaklni to‘ldirish kerak bo‘ladi.

ESG-forumi 4-iyul kuni «Hayatt Regency»da bo‘lib o‘tadi.