“Oʻzbektelekom” kuzatuv kengashi dividendlar toʻlashni tavsiya qildi

eʼlon qilindi
Bu qaror iyun oyida qabul qilindi
Foto: sinenkiy / Depositphotos.com

«Oʻzbektelekom» AK kuzatuv kengashi 2023-yil yakunlari boʻyicha aksiyadorlarga har bir oddiy aksiya uchun 46,55 soʻmdan dividendlar toʻlashni tavsiya qildi. Bu haqdagi qaror yagona korporativ axborot portalida elon qilindi.

Kompaniyaning 2023-yilda sof foydasi 25,6 milliard soʻmga yetdi. 2022-yilda esa 226,9 mlrd soʻmni tashkil qilgan edi. Shu bilan birga, yil davomida daromadlar 21 foizga oshib, 7,8 trillion soʻm boʻldi.

Aktivlar hajmi oʻtgan yil yakuniga koʻra 10,4 trillion soʻmni, shaxsiy kapital esa 2,4 trillion soʻmni tashkil qildi.

Avvalroq «Kursiv» joriy yilning birinchi choragida «Oʻzbektelekom»ning foydasi 104 milliard soʻmni tashkil qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek