Oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga kelayotgan chet fuqarolarining soni ortdi

eʼlon qilindi
Bu koʻrsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga ko‘p
Foto: ArturVerkhovetskiy / depositphotos.com

2024-yilning yanvar – aprel oylarida 6,4 ming nafar chet el fuqarolari oʻqish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Mazkur davr mobaynida eng koʻp Hindiston — 2 090 nafar fuqarolari tashrif buyurdi. Keyingi oʻrinlardan Turkmaniston — 1 627 nafar hamda Tojikiston — 758 nafar joy oldi.

Shuningdek, Janubiy Koreya, Xitoy, AQSH kabi rivojlangan davlatlardan ham oʻqish uchun talabalar kelgan.

Ma’lumot uchun, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 59,8 foizga koʻpdir.

Avvalroq «Kursiv» qancha chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek