Xorazm viloyatidagi bozorlardan birida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Yong‘in 18-iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumanining Bog‘dor mahallasidagi «Universal savdo majmuasi» AJ hududida sodir bo‘lgan.
O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni soat 04:04 ga qadar o‘chirishga muvaffaq bo‘lishdi. Yong‘in oqibatida jami 300 kv.m maydonda aralash turdagi mollar savdo do‘konlari zarar ko‘rgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Avvalroq «Kursiv» 8-may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.