Qozogʻistonda oʻzbekistonlik ikki nafar voyaga yetmagan jiyaniga uyatsiz buzuq harakatlar qilgan erkak ushlandi. Bu haqda Oʻzbekiston bolalar ombudsmani xabar berdi.
Qayd etilishiga, ikki nafar voyaga yetmagan qiz ota-onasi vafotidan soʻng Qozogʻistonda yashovchi amakisi vasiyligiga berilgan.
Jabrlanganlarning opasi Ombudsmanga bolalarga nisbatan zoʻravonlik haqida ariza bilan murojaat qilgan. Iyun oyi boshida oʻzbekistonlik qizlar Qozogʻiston vasiylik organlari tomonidan olib ketilib, Olmaotadagi moslashtirish markaziga joylashtirildi.
Oʻzbekiston Ombudsmanining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda Qozogʻiston tomoni bilan bolalarni Vataniga qaytarish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Qozogʻistonga ishlash uchun borayotgan va ushbu davlatda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirilgani haqida xabar bergan edi.