Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. Bu haqda «Millar» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, voqea 20-iyun kuni soat 09:30 atrofida sodir boʻlgan. Bekobod — Toshkent yoʻnalishi boʻylab harakatgan elektropoyezd urib yuborgan. Bola olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Ma’lumotlarga koʻra, bola velosipedda temir yoʻlni kesib oʻtmoqchi boʻlgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Chirchiq daryosiga yuk mashinasi tushib ketishi oqibatida bir kishi halok boʻlgani haqida yozgan edi.