Tijorat aviatsiyasi gigantlari reytingida sakkizinchi marta Qatar dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi. Buyuk Britaniyada joylashgan «Skytrax» kompaniyasi 350 ga yaqin aviakompaniyalarning 21 milliondan ortiq mijozlari oʻrtasidagi soʻrovlar natijasida 2024-yilgi Top-10 aviakompaniyalar reytingini e’lon qildi.
G‘olibdan keyingi o‘rinni Singapore Airlines egallagan bo‘sa, Dubayning Emirates aviakompaniyasi uchinchi o‘ringa munosib ko‘rilgan. Yaponiyaning ANA All Nippon Airways aviakompaniyasi to‘rtinchi, Gonkongning Cathay Pacific aviakompaniyasi beshinchi, Japan Airlines oltinchi, Turkish Airlines yettinchi, sakkizinchi o‘rinda EVA Air (Tayvan), to‘qqizinchi o‘rinda Air France va Swiss International Airlines o‘ninchi o‘rinni band etgan.
Shuningdek, Ethiopian Airlines ketma-ket oltinchi yil Afrikaning eng yaxshisi deb topildi. Turkish Airlines Yevropaning eng yaxshisi, airBaltic Sharqiy Yevropa va Hainan Airlines Xitoydagi eng yaxshi aviakompaniyalar qatoridan joy oldi.
Qizig‘i shundaki, O‘zbekistonning hech bir aviakompaniyasi «Top-100» reytingga kira olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatar Airways Doha – Toshkent yoʻnalishida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyganligi haqida xabar bergan edik.