O‘zbekistonda abituriyentlar soni 12 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi
Foto: Pixabay

2024/2025-oʻquv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ishtirok etish uchun 894 279 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12 foizga kam. Ma’lumot uchun: 2023/2024-oʻquv yilida 1,018 mln abituriyent hujjat topshirgan edi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Qayd etish kerakki, bu soʻnggi yillardagi eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. Eng koʻp hujjat Toshkent shahri, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridan, eng kami esa Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida topshirilgan.

Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi boʻyicha taqsimoti:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 45 655 nafar;

Andijon viloyati — 67 688 nafar;

Buxoro viloyati — 45 583 nafar;

Fargʻona viloyati — 83 837 nafar;

Soʻx tumani — 1 962 nafar;

Jizzax viloyati — 48 276 nafar;

Namangan viloyati — 58 268 nafar;

Navoiy viloyati — 48 437 nafar;

Qashqadaryo viloyati — 89 188 nafar;

Samarqand viloyati — 93 092 nafar;

Sirdaryo viloyati — 30 074 nafar;

Surxondaryo viloyati (Termiz shahri) — 39 498 nafar;

Surxondaryo viloyati (Denov tumani) — 22 756 nafar;

Toshkent shahri — 161 369 nafar;

Xorazm viloyati — 58 596 nafar.

Abituriyentlarning gender tarkibi boʻyicha taqsimoti:

Erkaklar — 431 806 nafar;

Ayollar — 462 473 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim tili boʻyicha taqsimoti:

oʻzbek tili — 784 458 nafar;

rus tili — 84 774 nafar;

qoraqalpoq tili — 22 534 nafar;

boshqa tillar — 2 513 nafar.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun toʻlovni 27-iyungacha amalga oshirish mumkinligi sabab raqamlar oʻzgarishi mumkin.

Avvalroq «Kursiv» 25-iyun kuni abituriyentlarni roʻyxatga olish yakunlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek