O‘zbekiston Rossiyadan kartoshka chipslari importi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turadi. Buni Rossiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi «Agroeksport» markazi ma’lumotlari tasdiqlaydi.
2024-yilning yanvar – aprel oylarida O‘zbekistonga eksport qilingan mahsulotlar ulushi 9,7 foizni tashkil etdi. Chipslarning eng yirik xaridorlari Qozog‘iston (36,5 foiz) va Belarus (32,7 foiz).
2023-yilda Rossiya kartoshka chipslari eksport qiluvchilar orasida 7-o‘rinni egalladi. Joriy yilning dastlabki to‘rt oyida Rossiya Federatsiyasi xorijga yetkazib berish hajmini 20 foizga oshirdi.
Avvalroq «Kursiv» Qirg‘iziston Respublikasi 2024-yilning yanvar – mart oylarida O‘zRga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 barobar ko‘p kartoshka sotgani haqida xabar bergan edi.